Jahon chempionatining bugungi bahslarida 4 nafar taekvondochimiz jang o‘tkazadi
Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"dagi Yakkakurash sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan XV Jahon chempionatining ikkinchi kungi musobaqalari ortda qoldi.
Bugun, 14-aprel kuni dunyoning 115 dan ziyod davlatining ming nafarga yaqin mahoratli taekvondochilari ishtirokidagi dunyo birinchiligining uchinchi kungi bahslarida yigitlar -45, -73 kilogramm, qizlar esa -42, -68 kilo og‘irlikdagi janglarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.
Jahon chempionatining uchinchi kungi musobaqalarida vatanimiz sharafini Shohjahon Xolmurodov (-45), Axadjon Muxtorov (-73), Zuhra Izmailbayeva (-42), Sitora Asrorova (+68) himoya qiladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA