Jahon chempionatiga so‘nggi yo‘llanmalarni taqdim etuvchi UEFAning pley-off bosqichi o‘yinlari bilan tanishing
Har bir guruhdagi bellashuvlar yarim final va final shaklida bo‘lib o‘tadi.
UEFA pley-off bosqichida jami 16 ta jamoa 4 ta yo‘llanma uchun maydonga tushadi. Bu bosqichda jamoalar 4 ta guruhga bo‘lingan xolda o‘yinlarini o‘tkazadi. Har bir guruhdagi bellashuvlar yarim final va final shaklida bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga nazar tashlaymiz.
Birinchi guruh
Bu guruhda Uels, Bosniya va Gersegovina bilan kuch sinashsa, Gattuzo boshchiligidagi Italiya terma jamoasi esa Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga chiqadi.
Birinchi juftlikdagi jamoalar hozirgacha uch marotaba to‘qnash kelishgan. Birinchi bellashuv 2012-yilda Uelsdagi “Millineum” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan. Bu bellashuv bosniyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan. Terma jamoalar ikkinchi marta esa 2014-yilda to‘qnash kelgan va bu bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan 0:0. So‘nggi uchrashuv 2015-yilda Bosniyadagi “Billino Polje” stadionida o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu bellashuvda ham “ajdarlar” 2:0 hisobida zafar quchgan. Oradan 11 yil vaqt o‘tib, jamoalar yana to‘qnash kelmoqda.

Ma’lumot uchun, ikki terma jamoa o‘rtasidagi uchrashuv 26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.
Navbat ikkinchi juftlikka.
Italiya va Shimoliy Irlandiya terma jamoalari hozirgi vaqtgacha to‘rt marta to‘qnash kelgan. Bu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 2010-yilda Shimoliy Irlandiyaning “Uindzor Park” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan va bellashuv 0:0 hisobida yakunlangan. Oradan 1 yil o‘tgach ikkala terma jamoa yana to‘qnash keldi va bu bahsda italiyaliklar yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. 2021-yilda jamoalar ikki bor to‘qnash keldi.Dastlabki uchrashuv italyanlar 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda 0:0 hisobi qayd etilgan. Oradan 5 yil vaqt o‘tdi va bu terma jamoalar beshinchi bor bir-biriga raqib bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuv 26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi. Ikki uchrashuv g‘oliblari finalda Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
Ikkinchi guruh
Bu to‘rtlikda Ukraina Shvetsiyaga qarshi maydonga chiqsa, Polsha Albaniya bilan kuch sinashadi.

Birinchli juftlikdagi ikkala terma jamoa ham bo‘ydor futbolchilar tashkil topgan. Ukraina va Shvetsiya termalari hozirgacha to‘rt marotaba to‘qnash kelgan. Ikkala jamoa ilk uchrashuvini 2011-yilda o‘tkazgan. Bu bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlagan va jamoalar g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlagan. Seriyada ukrainaliklar g‘alabani tantana qilgan 5:4. O‘sha yilning o‘zida termalar yana bir bor kuch sinashgan va bahsda Shvetsiya 1:0 hisobida zafar quchdi. Oradan 1 yil o‘tib jamoalar Yevropa chempionatida ro‘baro‘ keldi. Bu galgi qarama-qarshilikda Ukraina terma jamoasi 2:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. Bu juftlik so‘nggi bor 2021-yilda bir-biriga qarshi maydonda harakat qilgan va bellashuv ukrainaliklar foydasiga hal bo‘lgan 2:1. Oradan 5 yil o‘tib, jamoalar yana bir bor hisob-kitob qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, sariq kiyimlilarning bu uchrashuvi 26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Keyingi juftlik Polsha - Albaniya
Ikkala jamoa hozirgacha to‘rt martagina to‘qnash kelishgan. Jamoalar ilk bor 2021-yilda maydonda kuch sinashgan va bu bahs polshaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan. O‘sha yilning o‘zida termalar o‘rtasida yana bitta bellashuv bo‘lib o‘tgan. Bellashuvda Polsha minimal 1:0 hisobida zafar quchgan. Oradan ikki yil vaqt o‘tib, ikkala terma jamoa yana ikki bor ro‘baro‘ keldi. Bitta bahs polshaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, so‘nggi qarama-qarshilikda esa albaniyaliklar 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan. Oradan 3 yil o‘tib ikkala terma jamoa yana maydonda ko‘rishish arafasida turibdi.Eslatib o‘tamiz, Polsha va Albaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi. Ikkala bahsda g‘olib bo‘lgan jamoalar final bosqichida mundial yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, ikkala guruhning ham final bellashuvi 30-martdan 31-martga o‘tar kechasi 00:45 da start oladi.