Jahon chempionatiga so‘nggi yo‘llanmalarni beriladigan UEFA pley-off bosqichidagi o‘yinlarga to‘xtalib o‘tamiz. 2-qism
Endi uchinchi va to‘rtinchi guruhdagi jamoalarning o‘yinlariga nazar solamiz.
UEFA pley-off bosqichida jami 16 ta jamoa 4 ta yo‘llanma uchun maydonga tushadi. Bu bosqichda jamoalar 4 ta guruhga bo‘lingan xolda o‘yinlarini o‘tkazadi. Har bir guruhdagi bellashuvlar yarim final va final shaklida bo‘lib o‘tadi. Endi uchinchi va to‘rtinchi guruhdagi jamoalarning o‘yinlariga nazar solamiz.
Uchinchi guruh
Bu guruhda Slovakiya Kosovo bilan to‘qnash kelsa, Turkiya Ruminiya to‘sig‘idan o‘tishga harakat qilib ko‘radi.

Birinchi juftlik
Slovakiya va Kosovo terma jamoalari hozirgacha biror marta to‘qnash kelishmagan. Shu sababli, bu ikkala terma jamoaning oxirgi 5 ta o‘yinidagi statistikasiga nazar solamiz. Slovakiya terma jamoasi oxirgi 5 ta uchrashuvning 3 tasida g‘olib bo‘lgan va 2 ta bellashuvda imkoniyatni boy bergan. Kosovo terma jamoasi esa oxirgi 5 ta uchrashdan beri hali mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Kosovoliklar so‘nggi bahslarida 3 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayt etgan.
Ma’lumot uchun, Kosovo va Slovakiya termalari mart oyida ilk bor to‘qnash keladi. Bu uchrashuv 26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.
Ikkinchi juftlik Turkiya - Ruminiya
Ikkala terma o‘z tarixida to‘rt marotaba to‘qnash kelgan. Jamoalar ilk bor 2010-yilda o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan va bu bahsda turkiyaliklar 2:0 hisobida zafar quchgan. Oradan ikki yil o‘tib, termalar yana bir-biriga raqiblik qildi. Bellashuv Ruminiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 2013-yilda jamoalar uchinchi bor to‘qnash keldi va bu bellashuvda yana turklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. So‘nggi bor jamoalar 2017-yilda ro‘baro‘ kelgan. Bu galgi qarama-qarshilikda “Uch ranglilar” Turkiyani 2:0 hisobida tormor etgan. Oradan 9 yil vaqt o‘tib ikki terma jamoa yana bir-bor maydonda ko‘rishishga yaqin turibdi.

Ma’lumot uchun, bu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv 26-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Ikki bahsda g‘olib bo‘lgan jamoalar final bosqichida mundial yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi.
To‘rtinchi guruh
So‘nggi guruhga ham yetib keldik. Bu to‘rtlikda Chexiya Irlandiya bilan kuch sinashsa, Daniya Shimoliy Makedoniyaga qarshi maydonga tushadi.

Birinchi juftlik: Chexiya - Irlandiya
Bu jamoalar shu vaqtgacha bir marotaba to‘qnash kelgan. Bu qarama-qarshilik 2012-yilda sodir bo‘lgan va bellashuv 1:1 hisobida yakun topgan. Jamoalar oradan 14 yil o‘tib yana bir biriga ro‘baro‘ kelmoqda.

Ma’lumot uchun, bu ikkala jamoa o‘rtasidagi uchrashuv 26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.
Ikkinchi juftlik: Daniya - Shimoliy Makedoniya
Bu jamoalar ham o‘z tarixida bir marta to‘qnash kelgan. Uchrashuv 2013-yilda bo‘lib o‘tgan va bu bahsda makedoniyaliklar yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan. Oradan 13 yildan o‘tgach bu jamoalar yana bir bor to‘qnash kelmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv 26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi. Ikkala juftlikda g‘olib bo‘lgan jamoalar final bosqichida mundial yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, ikkala guruhning ham final bellashuvi 30-martdan 31-martga o‘tar kechasi 00:45 da start oladi.