Jahon chempionati tarixi. Shvetsiya-1958
1958-yildagi jahon chempionati bahslari 8-iyundan 29-iyulga qadar Shvetsiyaning 12ta shahrida bo‘lib o‘tgan.
Joriy yilning iyun-iyul oylarida jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Mundial startiga qadar turnir tarixini esga olamiz Shvetsiya-1958.
1958-yildagi jahon chempionati bahslari 8-iyundan 29-iyulga qadar Shvetsiyaning 12ta shahrida bo‘lib o‘tgan. Turnirda dunyoning eng kuchli 16ta terma jamoasi 4 guruhga bo‘lingan holda, chempionlik uchun kurashga kirishgan. 1-guruhdan Germaniya va Shimoliy Irlandiya, 2-to‘rtlikdan Fransiya va Yugoslaviya, 3-guruhdan Shvetsiya hamda Uels va so‘nggi guruhdan Braziliya va Sobiq Ittifoq terma jamoalari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Musobaqaning qizg‘in pallasi aynan pley-off bosqichidan boshlangan. Ilk chorak final o‘yinida Braziliya terma jamoasi Uelsni minimal hisobda mag‘lub etgan va ilk yarim finalchiga aylangan. Fransiya esa Shimoliy Irlandiyani yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan. Mezbon Shvetsiya terma jamoasi esa Sobiq Ittifoqdan ustun kelgan 2:0. So‘nggi chorak final bahsida amaldagi chempion Germaniya va Yugoslaviya terma jamoalari to‘qnash kelgan. Murosasiz o‘tgan bahsda nemislar minimal hisobda zafar quchib, yarim final chiptasiga ega chiqqan. Final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan ilk uchrashuvda Braziliya terma jamoasi Fransiyaga qarshi bahs olib bordi. Gollar shousiga aylangan o‘yinda Lotin Amerikasi vakillari 5:2 hisobida raqiblaridan ustun kelib, turnirdagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Ikkinchi yarim final o‘yini esa mezbon Shvetsiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bahsda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi finalchiga aylandi. Turnirning bronza medallari uchun bo‘lib o‘tgan o‘yinda fransuzlar nemislarni tor-mor etdi 6:3.
Final bellashuvi Solnada joylashgan stadionda 49.000 muxlis qarshisida bo‘lib o‘tdi. Pele yetakchiligidagi Braziliya mezbon Shvetsiya bilan bahs olib bordi. Gollarga boy o‘tgan finalda Braziliya yirik 5:2 hisobida raqibdan ustun kelib, o‘z tarixida ilk bor jahon chempionligini tantana qildi.

Musobaqada Fransiya terma jamoasi hujumchisi Jyus Fonten 13ta gol bilan to‘purarlikni qo‘lga kiritgan.