Jahon chempionati-2026ga tayinlangan somalilik hakam AQShga kiritilmadi
Somali davlati AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan mamlakatga kirishni cheklash (travel ban) ro‘yxatiga kiritilgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Tarixda ilk bor o‘z mamlakati nomidan Jahon chempionati uchrashuvlarini boshqarishi kerak bo‘lgan somalilik referi Omar Artan AQSh hududiga qo‘yilmadi. Vaziyat yuzasidan Somali yoshlar va sport vazirligi katta maslahatchisi hamda milliy terma jamoaning sobiq sardori Aden Abshir o‘z munosabatini bildirdi:
"Omar Artan — Afrikaning eng obro‘li hakamlaridan biri bo‘lib, butun futbol jamoatchiligining qo‘llab-quvvatlashiga loyiqdir. Uning AQShga kirishini taqiqlash va rejalashtirilgan uchrashuvlarni boshqarish imkoniyatidan mahrum qilish nafaqat uning shaxsiga zarar yetkazadi, balki futbolning adolat, loyiqlik va «halol o‘yin» (fair play) tamoyillariga bo‘lgan sodiqligiga putur yetkazadi".
Artanning Mayami xalqaro aeroportida AQShga kiritilmaganining aniq sabablari hozircha to‘liq ma’lum emas. Biroq, Somali davlati AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan mamlakatga kirishni cheklash (travel ban) ro‘yxatiga kiritilgan davlatlardan biri hisoblanadi.