“Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovi
Kuni kecha Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi Ijod maktabida “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Jizzax viloyati bo‘yicha 10 ming nafardan ortiq o‘quvchidan onlayn ariza tushgan bo‘lib, tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar “Boshqotirma”, “Savol-javob” hamda “Asarlar tahlili” shartlari bo‘yicha jadid namoyandalarining hayoti va ijodi haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.
[gallery-20450]
Tanlovning tantanali yopilish marosimida Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sanobar Suyarova so‘zga chiqib, tanlovda g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarni samimiy qutladi.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, barcha tanlov ishtirokchilari tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari