Ivan Perishich bu borada Lionel Messi bilan tenglashib oldi
Perishich Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messidan so‘ng 4 yoki undan ortiq mundialda golli uzatmani amalga oshirgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Xorvatiya terma jamoasi vingeri Ivan Perishich Angliyaga qarshi o‘yindan so‘ng tarixga kirdi.
Bugun tunda jahon chempionatining dastlabki turida Angliya va Xorvatiya terma jamoalari bahs olib bordi. Uchrashuvda inglizlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, turnirni g‘alaba bilan boshladi. Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Ivan Perishich bellashuvda golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, 37 yoshli futbolchi 2014-yildagi mundialdan boshlab ketma-ket 4ta jahon chempionatida golli uzatma amalga oshirib kelmoqda. Bu borada Perishich Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messidan so‘ng 4 yoki undan ortiq mundialda golli uzatmani amalga oshirgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Qayd etilishicha, ushbu statistika 1966-yildagi jahon chempionatidan boshlab hisoblanib kelmoqda.