Italiya AQSH harbiy samolyotlarini o‘z hududiga qo‘ndirishga ruxsat bermadi
Italiya Mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlar harbiy samolyotlarini Sitsiliya orolidagi Sigonella aviabazasiga qo‘nishiga ruxsat bermadi. Bu haqda “DW” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, gap AQSH tomonidan Yaqin Sharq yo‘nalishiga jalb etilgan harbiy uchoqlar haqida bormoqda. Ular Sigonellada qo‘nish orqali keyingi parvozni davom ettirishni rejalashtirgan.
Biroq italiyalik harbiylarga parvoz haqida oldindan rasmiy ma’lumot berilmagan. Shu sabab zarur muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilmagani qo‘nishga ruxsat berilmasligiga asos bo‘lgan.
Shuningdek, Ispaniya ham AQSHning ayrim harbiy samolyotlari uchun o‘z hududidan foydalanishga cheklov kiritganini ma’lum qildi. Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles mamlakat hududi va havo makonidan Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlarda foydalanishga ruxsat berilmasligin ta’kidlagan.
D.Hakimov, O‘zA