Istiqbolli loyihalar samarasi
Jizzax viloyati Yangiobod tumanida investitsiya loyihalarini jalb etishda xorijiy investorlar bilan manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda. Yangiobod tumani hokimi I.Qarshiboyevning xorijiy investorlar bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.
Tadbirda “SAHOVAT INVEST-777” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2021-2023 yillarda Afrikaning Gana davlati investori Omar Axmed Salex Almabrouk hamda Isroilning “Green 2000 Agrocultural Equepment & Know-How LTD” kompaniyasi bilan hamkorlikda tumanda amalga oshirilishi taklif etilayotgan “Shamol elektr stansiyasi” hamda “Chorvachilik kompleksi” ni tashkil etish, shuningdek, yana bir qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Dastlabki kelishuvlarga erishildi. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1 ming 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
A.Qayumov,
J.Yorbekov (surat), O‘zA