Iste’dod tarbiyasi — e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi 93-umumta’lim maktabida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir doirasida o‘quvchilar ishtirokida futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, boks, kurash hamda milliy sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Shuningdek, rasm chizish va milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, o‘quvchilarning qo‘l mehnati asosida tayyorlagan hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
[gallery-31539]
Yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokidagi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari va madaniy-ijodiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim va ijodiy faoliyatga keng jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, o‘g‘il-qizlarni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA