Isroilda yangi hukumat va noroziliklar
Kecha Isroilning yangi hukumati qasamyodga keltirildi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Vazirlar Mahkamasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazib, a’zolari bilan hukumatning kelgusi vazifalarini kelishib oldi. Bu haqda hukumatning matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi hukumatning ilk yig‘ilishi o‘tayotgan paytda muxolifat Tel-Avivda norozilik namoyishi o‘tkazib, shaharning asosiy ko‘chasini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda “The Jerusalem Post” gazetasi xabar berdi.
Bir soat davom etgan namoyishda kuni kecha iste’foga chiqqan Yair Lapid hukumatida Transport vaziri bo‘lib ishlagan, "Avoda" partiyasi yetakchisi Meyrav Mixaeli ham ishtirok etgani aytiladi.
Nashrning xabarida ko‘pchilik o‘zi bilan LGBT jamiyatining bayroqlarini olib kelgan. O‘ta konservativ partiyalar vakillari yangi Vazirlar Mahkamasida qabul qilinishi rejalanayotgan qarorlarga norozilik bildirishdi.
Namoyishchilar, shuningdek, yangi hukumatning alohida vazirlariga qarshi shiorlar ko‘tarib chiqishdi, ularni korrupsiyada ayblashdi.
Isroilning Fransiyadagi elchisi Yael German yangi hukumat shakllantirilishi munosabati bilan lavozimidan ketishi haqida qaror qilganini bildirdi. Diplomat koalitsion hukumatdagi ayrim siyosiy qarashlar bilan kelishmasligini ma’lum qildi.
O‘zA