"ISO 2026": O‘zbekiston terma jamoasi rekord natijani qayd etdi
11–14-avgust kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida 21-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO 2026) bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada 20 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham yirik xalqaro intellektual bellashuvda munosib ishtirok etib, 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Asadbek Bahronov, Feruza Luqmonova, Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Saidakbar Jahonaliyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Xalqaro ctandartlar olimpiadasi — bu ko‘p bosqichli, murakkab va yuqori intellektual tayyorgarlik talab qiladigan bellashuv bo‘lib, unda nafaqat bilim, balki tahliliy fikrlash, mantiqiy yechim topish, jamoaviy ishlash va vaqtni boshqarish ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkaziladi.
N.Usmonova,
O‘zA