Islom Karimov xotirasi, tashqi savdo o‘sishi va yoshlar g‘alabasi - Qisqa xabarlar(+video)
Bugungi “Qisqa xabarlar” dasturida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yod etilgani, mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 49,5 milliard dollarga yetgani, yangi o‘quv yili boshlangani hamda xorijdan O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotganlar soni 2,5 barobar oshgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, O‘zbekiston U20 terma jamoasining Bangladesh ustidan qozongan g‘alabasi, mamlakatimizning uch futbol klubi ishtirokidagi xalqaro o‘yinlarga hakamlar tayinlangani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
O‘zbekistonda va xalqaro maydonda yurtimiz bilan bog‘liq ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Iskandar Ismatov, O‘zA