Islandiyaliklar YeIga unchalik ishtiyoqmand emas
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan referendumda islandiyalik saylovchilar Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokarani qayta boshlash uchun ovoz berdi. Natija 52,8 foiz qarshi, 47,2 foiz rozi.
Ishtirok 82,5 foizni tashkil etdi.
Yevropa bilan integratsiyaga qarshilar Ittifoqqa a’zolik mamlakat suverenitetini cheklashi, baliq ovlash va qishloq xo‘jaligi sanoatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Muzokara tarafdorlari esa iqtisodiy foyda, jumladan inflyatsiya va foiz stavkasi pasayishidan umidvor.
Islandiya 2009-yil YeIga qo‘shilish uchun ariza bergan, ammo muzokara 2013-yil to‘xtagan.
Referendum natijasi ta’siri mamlakatdan tashqarida ham sezilishi mumkin. Masalan, qit’adagi ayrim nashrlar bu galgi ovoz berish integratsiyani qo‘llab-quvvatlovchilar uchun og‘riqli mag‘lubiyat ekaniga urg‘u berib, holatni Vashington ko‘hna qit’a mavqei zaiflashib borayotgani isboti sifatida qabul qilishi mumkin, deya xulosa qilgan.

Tahlilchilar fikricha, endi Prezident Donald Tramp Grenlandiyaga bosimni kuchaytirish, orolni Daniya Qirolligidan ajralib chiqishga undash yo‘lida foydalanadi. Binobarin, aynan Amerika orolga qiziqishi Islandiyaning YeI bilan yaqin munosabat o‘rnatish uchun muzokarani kuchaytirishi sababi o‘laroq talqin qilingandi.
Ayni payt Islandiya boshqa jiddiy muammolarga ham duch kelgan. Milliy valyuta ancha zaif, Arktikada keskinlik tobora kuchaymoqda. Mamlakatning armiyasi yo‘q, xavfsizlik masalasida NATO va Qo‘shma Shtatlar bilan mudofaa shartnomasiga tayanadi.
S.Rahimov, O‘zA