Ishonchli parvoz – taraqqiyot omili
Prezidentimiz rahnamoligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan aviatsiya sohasiga alohida e’tibor qaratilib, yo‘lovchi va yuk tashish tizimini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatishni zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz rahnamoligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan aviatsiya sohasiga alohida e’tibor qaratilib, yo‘lovchi va yuk tashish tizimini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatishni zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Zamonaviy havo laynerlari bilan ta’minlangan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tizimidagi ulkan o‘zgarish va yangiliklarni xalqaro talab va andozalarga to‘liq javob beradigan Nukus xalqaro aeroporti misolida ham ko‘rish mumkin.
Har qanday ob-havo sharoitida samolyotlarning bemalol uchib-qo‘nishini ta’minlash maqsadida Nukus xalqaro aeroportida 2010-2011-yillarda Finlyandiyaning “Vaysala” kompaniyasi meteouskunalari o‘rnatilgach, imkoniyatlar yanada kengaydi. Bugungi kunda aeroport Boing-767, Boing-757, A-320, Il-114 kabi yirik va zamonaviy havo laynerlarini ham uzluksiz qabul qilmoqda.
– Zamonaviy avialaynerlar sotib olish, aeroport majmualarini yangilash, samolyotlarning uchib-qo‘nish yo‘llarini qayta qurish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida milliy aviakompaniyamiz nufuzi tobora yuksalmoqda, – deydi Nukus xalqaro aeroporti rahbari G‘ofurjon Rajapov. – Bunday e’tibor tufayli bizning aeroport ham jahon me’yorlariga mos texnologik uskunalar bilan jihozlandi. 2006-yildan xalqaro yo‘nalishlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 2007-yili Germaniyaning “Lyusebit” kompaniyasi tomonidan samolyotlarning uchib-qo‘nish yo‘liga zamonaviy yoritish uskunalari o‘rnatilib, xalqaro andozalarga moslashtirildi. Past va yuqori kuchlanishdagi yerosti elektr kabellari yotqizildi, samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi maxsus transport vositalari bilan ta’minlandi. Ayniqsa, yuklarni avtomatik tarzda ro‘yxatga olish va elektron chipta sotishning yo‘lga qo‘yilgani yo‘lovchilar uchun katta qulaylik yaratdi.
Aviatsiya sohasida eng muhim mezonlardan biri – parvozlar xavfsizligini ta’minlashdir. Shu jihat e’tiborga olinib, Nukus xalqaro aeroportida “Uchish xavfsizligini boshqarish” va “Menejment sifati” tizimlari joriy etildi. Kadrlar bilimi va malakasini oshirish, yo‘lovchilar bilan ishlash bo‘limi xodimlarining xorijiy tillarni o‘rganishi ham doimiy e’tiborda.
Bir paytlar faqat mahalliy yo‘nalishda xizmat ko‘rsatgan Nukus xalqaro aeroporti tizimni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida malakali kadrlar va mustahkam moddiy-texnik bazasiga ega, bir necha davlatga xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan zamonaviy aeroportga aylandi.