“Ishlamaganlar oylik maosh olmaydi”mi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. Unga ko‘ra, 21 yanvar kuni mazkur ta’lim muassasasining xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, texnik xodimlari – bino ishchisi, qorovul, farroshlari o‘zlarining va pedagoglarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab kirish yo‘lagini qorini kurash va muzlagan qismini tozalash tashabbusi bilan chiqishganligi ma’lum bo‘ldi. Maktab ma’muriyati tomonidan o‘qituvchilarga qorni kurash bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan. “Ishlamaganlar oylik maosh olmaydi” degan mazmundagi tahdid yoki gap-so‘zlar ham bildirilmaganligi ma’lum bo‘ldi va isbotini topmadi, deyiladi, Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati bildirgan rasmiy munosabatda.
O‘zA