Ishga kiritib qo‘yish: 2 ming AQSH dollari
Navoiy shahrida fuqaroni 2 000 AQSH dollari evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy shahar bo‘limlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida NKMKga qarashli 3-avtobaza ishchisi Z.G‘. fuqaro M.M. bilan oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaro S.ni avtobazaga 2 000 AQSH dollari evaziga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA