Ish haqlari undirib berildi
Qoraqalpog‘istonRespublikasi sudining qarorlarigaasosan javobgar Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti qoraqalpoq ilmiy-tajriba stansiyasi davlatmuassasasidan ikki nafarxodimning 62,9 million so‘m oylikish haqini undirishbelgilangan.
Shunga qaramasdan, javobgar jamiyat tomonidan ushbu sud qarorlari ijrosi ta’minlanmagan va ishchilarning ish haqlari to‘lab berilmagan. Ishchi xodimlar sud qarorlariga asosan chiqarilgan ijro varaqalarning ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, murojaat qilishgan.
Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan javobgar muassasa bosh hisobchisiga ijro hujjati ijrosi 15 kunlik muddat ichida ta’minlanishi lozimligi, ijrosini ta’minlamaslik javobgarlikka tortishga va majburiy ijro harakatiga kirishishga asos bo‘lishi haqida bir necha marotaba ogohlantirildi.
Tashkilotning asosiy bank hisob raqami xatlovga olinib, qarzdorning nomida aniqlangan 2 ta ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq o‘rnatildi. Shuning natijasida, joriy yilning 21-aprel kuni ishchilarning qariyb 63 million so‘mdan ziyod ish haqi to‘liq undirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.