“Indoneziya Afg‘onistonga ko‘mak berishda davom etadi”
Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudining ta’kidlashicha, mamlakat Afg‘onstonga ko‘mak berishda davom etadi, deyiladi “Republika” xabarida.
“Indoneziyaning birgina manfaati bor, u ham bo‘lsa, afg‘on halqi tinch va farovon hayot kechirishidir”, dedi Indoneziya tashqi ishlar mahkamasi rahbari.
Indoneziya hukumati asosan – ikki davlat ulamolari hamkorligi hamda Afg‘onistonda ayollar huquqlarini himoya qilishga e’tibor qaratadi.
Aytish joizki, Indoneziya tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishi belgilangan.