Ilmli ayollar forumi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida xotin-qizlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ta’lim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” mavzuida ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdi.
[gallery-30137]
Tadbirda so‘zga chiqqanlar jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni, ularning ilm-fan va ta’lim sohasidagi faolligini oshirish, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish masalalariga to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan, innovatsion g‘oyalarni ilgari surayotgan xotin-qizlar safining kengayishiga xizmat qilmoqda.
Forumda ilmli onalarning kelajak avlodning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, xotin-qizlarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA