Ilk g‘oliblar nomi ma’lum
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Vladislav Iskandarov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqada terma jamoamiz vakillari qatori qo‘shni Qozog‘istondan kelgan poygachilar ham g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Chirchiq – G‘azalkent yo‘nalishi bo‘yicha 83 kilometr masofada guruh poygasi bo‘yicha o‘tgan bahslarda Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati vakili Dmitriy Sirko marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, ushbu masofada Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati tarbiyalanuvchisi Nikita Stenkovoy va Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati a’zosi Edem Eminov shohsupaga ko‘tarildi.