Ilk “Ferrari" elektromobili auksionda rekord o‘rnatdi
“RM Sotheby’s” auksion uyi xabar berishicha, Monterrey shahrida o‘tkazilgan kim oshdi savdosida “Ferrari Luce” nomli ilk elektromobil rekord darajada – 40 million dollarga sotildi.
“Chassis-0” nomi ostida chiqarilgan ushbu maxsus model turkumning birinchi nusxasi hisoblanadi. Auksion tashkilotchilari ta’kidlashicha, ulov “Ferrari” kompaniyasining navbatdagi ishlanmasida innovatsion dizayn, zamonaviy xom ashyo va rang izlanishi sohasidagi eng ilg‘or yutuqlarni mujassam etgan. Shu tariqa brendning elektr dvigatelli ilk ommaviy avtomobili kim oshdi savdosida rekord narx bilan egasini topdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA