Ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi
Eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi axborot xizmati maʼlum qildi.
Eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi axborot xizmati maʼlum qildi.
Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar taʼlim muassasalarida tayyorlov sinflari tashkil etilgan hamda har oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejadagi tayyorlov sinflari uchun oʻquv fan soatlar ajratilgan boʻlsada, biroq, ular uchun darsliklar mavjud emas edi.
Ilgari mazkur yoʻnalishdagi maxsus maktab internatlarining oʻquvchilari faqatgina daktil nutq jadvalidan iborat tarqatma materiallardan foydalanib kelishgan. Bu yil aynan mana shu yoʻnalishdagi tayyorlov sinf oʻquvchilari uchun 7 nomda yangi darsliklar yaratildi.
Ushbu darsliklar eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarni maktabga tayyorlov jarayonlaridan boshlab puxta taʼlim olishiga xizmat qilib, taʼlimning keyingi bosqichiga mustahkam poydevor boʻla oladi.