Ilgʻor fermer va terimchilar davrasida
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi xodimlari paxta yigʻim- terimida yuqori natijalarga erishayotgan fermer va dehqonlar, terimchilar bilan uchrashdi.

Xiva tumanida birinchi boʻlib davlatga paxta sotish shartnoma rejasini ortigʻi bilan bajargan “Rahimbergan Hoji-Anbar” fermer xoʻjaligi rahbari Qadam Qutliyev tajribali dehqonlardan. U koʻp yillardan buyon paxta yetishtirish boʻyicha yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.
– Oʻn uch yildan beri fermerlik bilan shugʻullanaman, – deydi Q.Qutliyev. – Oʻtgan yili 25 gektar yerga chigit ekib, moʻl hosil olgan edik. Bu yil 23 gektar yerdan 48 sentnerdan paxta topshirdik va rejani ortigʻi bilan bajardik. Xoʻjaligimizda 12 nafar doimiy va 120 nafar mavsumiy ishchi mehnat qiladi. 10 gektardan ortiq maydonda gʻalla, 2 gektarda esa achchiq qalampir yetishtiramiz. 5 gektarlik bogʻimiz bor, 6 gektarga poliz mahsulotlari ekiladi. Shuningdek, 30 dan ortiq naslli chorva mollar ham parvarishlaymiz.
Tuman paxta dalalarida kuniga 120 kilogrammdan oq oltin terayotgan Manzura Rahimova, Muqaddas Masharipova va Zumrad Jabborova kabi faol terimchilarga partiyaning qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.