Ikki vazirlik va agentliklarning samaradorlik körsatkiçlari körib çiqildi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasining kengaytirilgan yiğilişida Soğliqni saqlaş, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Migratsiya agentligining axborotlari körib çiqildi.
Axborotlarda respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablağlaridan foydalaniş, rivojlantiriş dasturi maqsadli indikatorlarining ijrosi, vazirlik va idoralar rahbarlari va ularning örinbosarlarining samaradorligi körsatkiçlari hamda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarida kötarilgan masalalar qay darajada hal etilayotgani böyiça maʼlumotlar taqdim etildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan aholi salomatligini saqlaş, soğlom avlodni tarbiyalaş uçun şart-şaroitlar yaratiş, profilaktik soğlom turmuş tarzini keng ommalaştiriş, aholiga öz vaqtida malakali va sifatli tibbiy yordam körsatiş işlari böyiça belgilangan vazifalar ijrosi samarali bajarilgan.
Muhokamalarda vazirlik tomonidan joriy yilning 9 oyida 3 929,0 mlrd. söm mablağ özlaştirilgani, bu esa yillik rejaning 63,0 foizini taşkil etgani, rivojlantiriş dasturlari esa atigi 42,9 foizga özlaştirilgani tanqid qilindi. Ayniqsa, ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantiriş hamda tuberkulyoz kasalligining oldini oliş dasturi böyiça yillik reja 10 foiz, kam uçraydigan (orfan) va boşqa irsiy-genetik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam körsatiş dasturi 16 foiz, buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti ötkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan taʼminlaş dasturi 18 foiz bölgani deputatlarning eʼtiroziga sabab böldi.
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining axborotiga köra, vazirlik tomonidan joriy 9 oyda 3 ta jamğarmaga ajratilgan 422,1 mlrd sömdan 17 mlrd söm özlaştirilmay qolgan. Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasiga ajratilgan 71,8 mlrd sömning 78 foizi özlaştirilgan. Hududlarda işsizlik va kasbga öqitişga ehtiyoj yuqori bölgan bir paytda 15,8 mlrd söm mablağning harakatsiz qolganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat körsatiş kölami va turlarini kengaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Muhokamalarda deputatlar tomonidan davlat byudjeti mablağlaridan samarali foydalaniş, maqsadli indikatorlar ijrosini taʼminlaş böyiça taklif va tavsiyalar berildi.
M.Komilova, ÖzA