Igor Tiago Angliya Premyer-ligasida 20ta gol urgan birinchi braziliyalik futbolchiga aylandi
Igor Tiago 2024-yilda "Bryugge"dan "Brendford" jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.
Braziliya milliy terma jamoasi va Angliyaning "Brendford" klubi hujumchisi Igor Tiago APLda rekord o‘rnatdi.
Braziliyalik forvard Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda dublni rasmiylashtirdi. Bu 24 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi 20-va 21-goli bo‘ldi. Shu tariqa, Tiago APLda 20ta gol urishning uddasidan chiqqan birinchi braziliyalik futbolchiga aylandi. Ayni vaqtda hujumchi to‘purarlar ro‘yxatida Erling Xolanddan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Igor Tiago 2024-yilda "Bryugge"dan "Brendford" jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.