Ichki turizm targ‘ibotiga qaratilgan yarmarka va festival
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida ichki turizm yarmarkasi hamda “Milliy suvenirlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yarmarka va festival mavjud turizm ob’ektlariga aholini keng jalb qilish, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste’molchilarga tanitish, qolaversa, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini keng ommaga targ‘ib qilish maqsadiga qaratilgan.
Tadbir doirasida hunarmandchilik mahsulotlari va milliy suvenirlar yarmarkasi o‘tkazildi. Ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida “Tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) uchrashuvlar, “Tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida uchrashuvlar, respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan ichki turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan davra suhbatlari tashkil etilib, tajriba almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
[gallery-18552]
Shuningdek, turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari, korxona va tashkilotlar hamda turoperator va turagentlar o‘zlarining turistik dasturlari va tijorat takliflari bilan ishtirok etdi.
Folklor jamoalarning festivaldagi milliy kuy-qo‘shiqlar ijrosi hamda “Wyndham” mehmonxonasida tashkil etilgan “Fashion show” namoyishi ayniqsa, barchada katta taassurot qoldirdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/v7C0elfPQbM?si=xRn0gm1NqEAT1CHs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir ISTATOV (surat), O‘zA