Ichki ishlar xodimlari ham hasharda ishtirok etmoqda
Yurtimizda bugun o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Samarqand viloyatidagi ichki ishlar idoralari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, viloyat IIBda xizmat qilayotgan soha fidoyilari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etib, avvalo boshqarma va uning atrofini obod qildilar.



Xuddi shu kabi barcha shahar va tuman IIB va sohaviy xizmatlar ma’muriy binolarida gigiyena talablariga e’tibor qaratilib, hududlar tartibga ketirildi, chiqindilardan tozalandi.
Shuningdek, aholini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish maqsadida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz qariyalar holidan xabar olindi.



Samarqand viloyati IIB axborot xizmati