Ibratli oilalar safi kengaymoqda
Oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalarni yuzaga chiqarish xalqimizga xos bag‘rikenglik va insoniylik ifodasidir.
Buxoroda “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari Yusufjon Usmonov ham ishtirok etdi.


Madaniy-ma’rifiy tadbirda viloyatning shahar va tumanlaridagi mahalla va qishloqlar bo‘ylab saralangan jam 13 ta oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, guvohnomasi, pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilada voyaga yetayotgan farzandlar ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom muhit barqarorligi va rivoji uchun munosib hissa qo‘shayotgan, har jabhada ibrat ko‘rsatayotgan oilalarni samimiy tabriklab, minnatdorlik bildirdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.