“Ibratli ayol fermer” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Navoiy viloyati fermerlar kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi hamkorligida fermer xo‘jaliklarining ayol rahbarlari o‘rtasida “Ibratli ayol fermer” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida fermerlar Kengashi hamda agrosanoat tarmog‘i kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangi islohotlar va kelgusidagi vazifalar xususida fikr almashdilar.

Tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning fermer xo‘jaligini samarali boshqarishi, mehnat faoliyatidagi yutuqlari va tashabbuskorligi belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Yakunlarga ko‘ra, Xatirchi tumanidagi “Shahboz” fermer xo‘jaligi rahbari Nasiba Qozoqova 1-o‘ringa, Karmana tumanidagi “Fayz Davlat” fermer xo‘jaligi rahbari Dilnoz Ochilova 2-o‘ringa, Navbahor tumanidagi “Uch tut uch o‘g‘loni” fermer xo‘jaligi rahbari Zebo Xodjayeva 3-o‘ringa munosib deb topildi.

Tanlov yakunida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati tarmog‘i tomonidan g‘olib va ishtirokchilarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri