Holand: “Manchester Siti”ning transfer oynasi fantastik o‘tdi
“Shaharliklar” yoz davomida Elliot Anderson, Enso Fernandes, Ayub Buaddi, Allan va Iliman Ndiaye kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand klubning yozgi transfer oynasidagi faoliyatini yuqori baholadi.
“Shaharliklar” yoz davomida Elliot Anderson, Enso Fernandes, Ayub Buaddi, Allan va Iliman Ndiaye kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
“Biz hali ham jamoani qayta qurish bosqichidamiz, ammo transfer oynasi fantastik o‘tdi. Klub nafaqat ajoyib futbolchilarni, balki jamoaga juda mos keladigan yaxshi insonlarni ham olib keldi”, — dedi Holand.
Norvegiyalik hujumchi transferlar uchun klub rahbariyati va xususan Xaldun Al-Muborakka minnatdorlik bildirdi.
Holand joriy mavsum barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034-yil yozigacha mo‘ljallangan.