Hindiston Amerikaning MQ-1 Predator-B dronlarini sotib olmoqchi
Siyosiy maydonda tahdid kuchayib borayotganini hisobga olib, Hindiston o‘z chegaralari xavfsizligini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Shu sababli Hindiston Rossiyadan “S-400” qurilmasi sotib olishni boshlagan edi.
Ayni payt Hindiston hukumati AQSHdan 30 dona MQ-1 Predator-B dronlari xarid qilish harakatini boshladi. Bu taxminan 33 milliard dollar (22 000 rupiy)ga tushishi kutilmoqda. Yangi Dehli dekabr oyida Hindiston va AQSH o‘rtasida 2+2 muzokarasi oldidan “General Atomics Aeronautical Systems” kompaniyasidan Predator-B dronini sotib olish uchun buyurtma berishi mumkin.
Hindiston armiyasi Sharqiy Ladaxda keskinlik yuzaga kelgani va Jammu aviabazasiga dron hujumi uyushtirilganidan keyin Predator-B dronlarini sotib olishga qaror qildi.
Bu dron 115 ot kuchiga ega turbofan dvigateli bilan jihozlangan. Uzunligi 8,22, qanoti kengligi 16,8 metrni tashkil qiladigan, 100 gallongacha neft sig‘imiga ega mazkur qurilma ancha vaqt parvoz qila oladi.
Yangi Predator havoga ko‘tarilgach, 2900 kilometr masofaga ucha oladi. Demak, dron Hindistonning markaziy qismidagi aviabazadan boshqarilsa, Jammu va Kashmirdagi chegarani kuzatish mumkin.
Uskuna 50 ming fut balandlikda 6500 funt yuk bilan 35 soat parvoz qila oladi.
Hindiston armiyasi ayni dam o‘z chegaralarini himoya qilish uchun Isroildan sotib olingan dronlardan foydalanmoqda, AQSHning “Predator” uchuvchisiz dronlari esa qiruvchi samolyot tezligida ucha oladi.
AQSH 2019 yil Hindistonga qurolli dron sotishni mo‘ljallagan va hatto, havo va raketaga qarshi mudofaa tizimini ham taklif qilgan edi.