Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas
«Bir ko‘ngil ibodati, ming Ka’ba ibodati». Bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan yurtimizda ko‘ngli o‘ksik va jismoniy imkoniyati cheklanganligi bois boshqalardan o‘zini chetda tutadigan fuqarolarning emin-erkin yashashlari, zamon talabi darajasida ta’lim-tarbiya olishlari, joriy qilingan barcha imtiyoz va imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishlari uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilayotgani, davlat siyosati darajasida alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj yurtdoshlarimizga rag‘bat ko‘rsatilayotgani ayni maqsadga muvofiq ish.

3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bugun Vobkent tumanidagi barcha jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar, xotin-qiz va bolalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ham ana shu olijanob va xayrli sa’y-harakat in’ikosidir.
Sana munosabati bilan tuman hokimi F.Umarov boshchiligida sektor rahbarlari, xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda «Mahalla» XJF tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan ular holidan xabar olindi.

Yusuf NASULLAEV, Vobkent tumani hokimining maslahatchisi