Harbiylar insho yozdi
Tadbir doirasida oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari, musiqiy chiqishlar, gʻazalxonlik barchaga manzur boʻldi.
Namanganda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari oʻrtasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537-yilligiga bagʻishlab “Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida” mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyatdagi harbiy qismlarda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan muddatli va shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan saralash bosqichlarining gʻoliblari yana bir bor oʻz bilim va mahoratini sinovdan oʻtkazdi.

Malakali oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari tomonidan toʻrt mezon asosida baholangan tanlov yakuniga koʻra, Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi vakili, leytenant N.Yusupova gʻolib deb topildi. Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy qism oddiy askari H.Ibrohimov ikkinchi, xuddi shu vazirlikka qarashli harbiy qism oddiy askari Jumayev Husniddin uchinchi oʻringa loyiq topildi.
Tadbir doirasida oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari, musiqiy chiqishlar, gʻazalxonlik barchaga manzur boʻldi.