Harbiy xizmatga çaqirilgan fuqarolar safarbarlik davrida soliq va boşqa majburiy tölovlardan ozod etiladi
Senat yalpi majlisida “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida”gi qonun körib çiqildi.
Mazkur masala böyiça maʼruza qilgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov qonun mamlakat xavfsizligini taʼminlaş, iqtisodiyot barqarorligini saqlaş va aholining hayotiy ehtiyojlarini kafolatlaşga qaratilganini taʼkidladi.
Qonun mamlakatimizni ehtimoliy harbiy tahdidlarga oldindan tayyorlaş, Qurolli Kuçlarni zarur resurslar bilan taʼminlaş hamda favqulodda holatda davlat va jamiyatning barqaror faoliyatini taşkil etişning huquqiy asoslarini belgilaydi.
– Safarbarlik faqat harbiy xizmatga çaqiriş degani emas, – dedi Q.Burxonov. – U elektr energiyasi, transport, aloqa, soğliqni saqlaş, oziq-ovqat taʼminoti va boşqa muhim tizimlarning uzluksiz işlaşini taʼminlaşni ham nazarda tutadi. Şu bilan birga, safarbarlik eʼlon qilingan taqdirda, qonunda belgilangan toifadagi fuqarolar harbiy xizmatga çaqirilişi mumkin. Bunda ularning soğliği, oilaviy şaroiti va qaramoğidagi şaxslar bilan boğliq holatlar inobatga olinadi. Qonunda ayrim fuqarolar uçun çaqiruvni keçiktiriş imkoniyati ham belgilangan. Harbiy xizmatga çaqirilgan işlovçi fuqarolarning iş joyi esa saqlanib qoladi.

Zarur hollarda qonunda belgilangan tartibda fuqarolar va taşkilotlarning transport vositalari, binolari, inşootlari hamda boşqa mol-mulkidan Qurolli Kuçlar ehtiyojlari uçun foydalanilişi mumkin. Bunda mol-mulkni taqdim etiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanişi nazarda tutilgan.
Harbiy xizmatga çaqirilgan fuqarolar safarbarlik davrida soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan ozod etiladi. Şuningdek, ularning kredit tölovlari muddatlarini keçiktiriş belgilangan. Bu çoralar harbiy xizmatni ötayotgan fuqarolarning moliyaviy majburiyatlarini tartibga solişga qaratilgan.

Qonunda aholini zarur mahsulotlar bilan taʼminlaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, oziq-ovqat, neft mahsulotlari va boşqa muhim resurslar zaxirasini şakllantiriş, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini safarbarlik şaroitida işlaşga tayyorlaş, tibbiy xizmatlar va muhim infratuzilmaning barqaror faoliyatini taʼminlaş çoralari nazarda tutilgan.

Senatorlar maʼqullagan qonun xavfsizlikka tahdid yuzaga kelgan taqdirda, davlatning mudofaa salohiyatini taʼminlaş, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini barqaror saqlaş va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirişga tayyor böliş böyiça huquqiy asos yaratadi.
N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat),
ÖzA