Harbiy xizmatdan katta hayot sari
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugining Nukus garnizonida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan press-tur taşkil etildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, zamonaviy kasb-hunarlarga örgatiş hamda bandligini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularning harbiy xizmat davomida nafaqat Vatan himoyaçisi sifatida çiniqişi, balki bilim va kasb egasi bölib, mustaqil hayotga puxta tayyorgarlik körişiga zamin yaratmoqda.
Şu maqsadda Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida ham Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni tomonidan taʼsis etilgan “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida muddatli harbiy xizmatçilarning bilim olişi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşi, oliy taʼlimga kirişga tayyorlanişi, talabalikka qabul qilingan askarlar bilan oliy taʼlim muassasalar bilan online tarzda öqiş hamda kasb-hunar egallagan askarlar kelgusida mehnat bozorida öz örnini topişi uçun tizimli işlar amalga oşirilganligi öz ifodasini topmoqda.
[gallery-32369]
2025–2026-öquv yili davomida Şimoli-ğarbiy harbiy okrugining Nukus garnizoniga kelgan 1000 nafardan ortiq muddatli harbiy xizmatçining 120 nafari öz xohişi bilan oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun taşkil etilgan tayyorlov kurslariga jalb qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining malakali pedagoglari, tajribali ustoz va murabbiylari tomonidan olib borilgan uç oylik tayyorlov maşğulotlari davomida askarlar fanlar böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlab, oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlariga puxta tayyorgarlik kördilar. Uşbu saʼy-harakatlar öz samarasini berdi: kurslarda tahsil olgan harbiy xizmatçilarning qariyb 70 nafari oliy taʼlim muassasalari talabasi böliş baxtiga muyassar böldi.
“Bitta askar – bitta kasb” tamoyilining yana bir muhim yönalişi muddatli harbiy xizmatçilarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga örgatişdir. Şu yönalişda 700 nafardan ortiq muddatli harbiy xizmatçi turli kasb-hunarlarni özlaştirib, amaliy bilim va könikmalarga ega bölmoqda.
Bu jarayonda yoşlarning qiziqişi, qobiliyati va kelgusidagi mehnat faoliyatida asqatadigan kasblarni egallaşiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada ular harbiy xizmatni yakunlagaç, qölida aniq bir kasb, hayotda öz yölini topişga xizmat qiladigan bilim va amaliy könikmalar bilan oilasi bağriga qaytadi. Eng muhimi, uşbu taşabbus yoşlarni nafaqat iş izlovçi, balki kelgusida yangi iş örinlari yaratişga qodir bölgan taşabbuskor va tadbirkor şaxs sifatida şakllantirişga ham xizmat qiladi.
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida amalga oşirilayotgan uşbu işlar muddatli harbiy xizmat mazmunini yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Endilikda askarlar harbiy intizom, jismoniy çiniqiş va jangovar tayyorgarlik bilan bir qatorda, zamonaviy bilimlarni egallaş, kasbiy mahoratini oşiriş va şaxsiy rivojlaniş uçun ham keng imkoniyatlarga ega bölmoqda.
Nukus garnizonida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoşlar orasida kelgusida harbiy kasbni tanlab, Qurolli Kuçlarimiz safida professional harbiy xizmatçi sifatida xizmat qilişni, Vatanimiz ravnaqi va davlatimiz sarhadlari daxlsizligini taʼminlaşni öz oldiga ezgu maqsad qilib qöygan yoşlar ham talaygina. Ayni kunlarda ana şunday maqsad bilan yaşayotgan 300 nafardan ortiq muddatli harbiy xizmatçi Mudofaa vazirligining Kasbiy saralaş boşqarmasi tomonidan taşkil etilayotgan saralaş jarayonlarida iştirok etmoqda.
Uşbu jarayonlarda yoşlarning jismoniy tayyorgarligi, soğliği, intellektual salohiyati, bilim darajasi hamda harbiy xizmatni professional asosda davom ettirişga bölgan intiliş va qobiliyatlari belgilangan talablar asosida baholanmoqda. Ötkazilayotgan test sinovlari va kasbiy saralaş tadbirlari Vatan himoyasini özining kelajak kasbi sifatida tanlagan, masʼuliyatni çuqur his etadigan, intizomli, bilimli va salohiyatli yoşlarni aniqlaşga qaratilgan.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari muddatli harbiy xizmatçilarning taʼlim olişi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşi, oliy taʼlimga tayyorlanişi hamda kelgusida professional harbiy xizmatni tanlaşi uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanişdilar.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA