Har bir kub metr — nazoratda
Qurilmalar batareya va “Sim-karta” (“Gprs/gsm” modem) orqali ma’lumotlarni billing tizimiga avtomatik uzatadi.
Bugungi kunda aholi iste’molchilarida tabiiy gaz sarfini aniq hisobga olish va hisob-kitoblarni takomillashtirish maqsadida zamonaviy smart gaz hisoblagichlaridan foydalanilmoqda.

Namangan viloyatida aloqasida muammo kuzatilgan gaz hisoblagichlar “Hudud mobile” dasturi orqali “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari tomonidan aniqlanib, planshet yordamida tashxis qilinadi.
Zarur hollarda batareya yoki modem almashtirilib, hisoblagichning billing tizimi bilan aloqasi qayta tiklanadi.

– Joriy yilning boshidan buyon viloyatimiz bo‘ylab 53 ming 118 ta gaz hisoblagichining aloqasidagi muammolar bartaraf etilib, 11735,5 m³ tabiiy gazni dasturiy hisobga yo‘naltirishga erishildi, – deydi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori Ibrohimjon Mamadjonov. – Ushbu jarayon gaz sarfini aniq hisobga olish va hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri