Har bir inson vatanning bir boʻlagidir!
Shu kunlarda yurtimizning har bir goʻshasida eng ulugʻ, eng aziz ayyom – davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi bayrami shukuhi kezib yuribdi.
Shu kunlarda yurtimizning har bir goʻshasida eng ulugʻ, eng aziz ayyom – davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi bayrami shukuhi kezib yuribdi.
OʻzA muxbiri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, shoira Farida Afroʻz bilan istiqlol sharofati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi.
– Farida opa, mustaqillik bayrami tobora yaqinlashayapti. Aytingchi, mana shunday qutlugʻ kunlarda koʻnglingizdan nimalar kechyapti?
– Bayram yaqinlashgani sayin qalbimda beixtiyor ichki bir tayyorgarlik boshlanadi. Ayniqsa, mustaqillik, yaʼniki Vatan ozodligi, millat erki, elu yurtga hurlik olib kelgan bayramga yetganimdanshodlanaman.
Bu ozod va obod kunlaruchun kurashib, jon bergan bobolarimiz ruhi oldida qalban bosh egar ekanmiz, mening ham bunda biror bir hissam bormikan, fikrimda, tutimlarimu aytimlarimda, deb oʻylaysan kishi. Axir shu kunlarning qadrini bilish, shukronalik va xalollik bilan yashashning oʻzi ham oʻziga yarasha inqilob emasmi?!
Oʻzi bilan kurasha olgan, oʻzini tanigan, oʻzligini topgan har bir inson – Vatanning bir boʻlagidir! Toʻgʻri, hali qiladigan ishlarimiz juda koʻp. Ona tilimiz nufuzi, adabiyot va tariximizdagi xato va chalkashliklarni tuzatish vaqti keldi. Ammo ular bayramda aytiladigan masalalar emas. Chunki, bular uzoq yillar mobaynida yigʻilgan, ayniqsa 4 yil ichida erishilgan yutuqlar oldida yechimi aniq yumushlardir.
– Hassos shoir Shavkat Rahmonning “Gʻam soʻzin elimdan oldin aytaman, baxt soʻzin elimdan keyinroq”, degan dardchil satrlari bor. Ham shoir, ham jamoat arbobi sifatida bugun nimalardan koʻnglingiz toʻlib, nimalardan qoniqmayapsiz?
– Dilgir shoirimizning benazir satrlari haq! Yurtning tinchligidan, toʻkin-sochinlikdan, sharoitlar, eʼtibor va eʼtiroflardan koʻnglim toʻlyapti. Hech bir soha nazardan chetda qolayotgani yoʻq.
Muhtaram Prezidentimizning tinimsiz mehnat va shijoatlari tufayli odamlarning fikr koʻzlari ochildi, yurtimiz izchil rivojlanish yoʻlida. Nazarimda, odamlarimiz yangicha fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan intiladigan boʻldi. Bugun odamlar boy boʻlish yoʻlini bildi va himmat va saxovatyoʻlini tanladi. Bugun odamlar dunyoni lol qoldirish mashqini egalladi va gʻalaba nashidasini surmoqlikni oʻrgandi. Bugun odamlar xalol va xaromning, savob va gunohning xikmatini angladi... Demak, biz toʻgʻri yoʻldamiz!
Koʻnglim ranjiyotgan, qoniqmayotgan tomoni esa, lavozimda turganlar orasida noinsoflar, nafsiga qullarning hali ham borligi...
Olomon orasida esa, barcha zamonlarda boʻlgani kabi behuda safsatavozlik... Inshaalloh, bular hammasi ortda qoladi, ezgulikgʻolib boʻladi.
– Farida opa, yurtimizda kechayotganbugungi shiddatli islohotlarni tan olmaslik, koʻrib koʻrmaslikka olishga hech birimizning haqqimiz yoʻq. Sizning bu haqida fikringiz qanday?
– Xavotiringizdajon bor. “Isloh” soʻzining lugʻaviy maʼnosi “tuzatish, tubdan yangilash, yaxshilash”, demakdir. Xoʻsh, nimani yangiladik va yaxshiladik, bu yangilanish bizga yaxshilanishga yordam beryaptimi, unda biz nega uni koʻrmayapmiz yoki koʻrmaslikka olyapmiz, bu bizning ojizligimizmi, noshukrligimiz va yoki sarkashligimizmi?
Buning uchun taqqoslaydigan usul bor: keling, 29 yil avvalgini emas, keyingi 3 yilni koʻrib chiqaylik. Orzu qilganimiz,qoʻshni mamlakatlarga xavas qilganimiz juda koʻp tuzatishlar sodir boʻlmadimi? Keling, esimda borlarini sanab oʻtay: qoʻshnilar bilan munosabatlarimiz tiklandi, diniy erkinligimizga keng yoʻl ochildi. Umra va Xaj safarlariga oʻrinlar koʻpaydi, valyuta ayriboshlash, boshqa millatdan boʻlgan yurtdoshlarimizga fuqarolik maqomi berilishi, olimlar, ijodkorlarning eʼzozlanishi, ustoz va murabbiylarning qadrini koʻtarish kabi oʻnlab muvaffaqiyat haqida gapirmay boʻlmaydi. Kerak boʻlsa, mana shu islohotlarni shahar va qishloqlardagi yoʻlboʻyipeshtaxtalarga yozib qoʻyish kerakki, tokim, bir toʻp noliydigan noshukrlar va fisqi-fasodchilarga maktab boʻlsin!
Ammo, yana bir muammo, nazarimda, yangi bir illat paydo boʻlmoqda, yaʼnikim, biz faqat aytganni qiladigan boʻlib qoldik. Shu xususda hikmat: Bir odam koʻchadan oʻtib ketayotsa, bir ayol bolasini urayotganmish. Haligi odam toʻxtab, “Nega bolangni uryapsan?”, deb soʻrabdi. Ayol: “Faqat aytganimni qiladi”, deb javob beribdi. “Bu yaxshi emasmi?”, debdi xayron boʻlib oʻsha kishi. “Axir, aytmaganimni qilmaydi-da”, degan ekan ayol.
Bizda ham tashabbus, ijodkorlik, innovatsiya, shijoat yetishmayotganday. Bunday qaraganda, Yurtboshimizning aytganlarini qilyapmiz, xolos. Uni ham yalqovlik va tanballik bilan,manfaat va taʼma bilan, ochkoʻzlik va nochorlik bilan bajaryapmiz. Shumi, bizning doʻstligimiz,sadoqatimizu muhabbatimiz?! Fidoyilik,elparvarlikqayerda qoldi?
Yurtga bosh boʻlish oson ish emasligini hamma biladi. Zamon yukini tortish, davron gʻamini chekish elboshining qismatida yozilgan. Ammo yelkadoshlik, orqadoshlik degan buyuk tuygʻular ham bor-ku!
Bugungi pandemiya sharoitida yuzaga kelgan murakkab sinovlar ham ortda qolishi shubhasiz. Prezidentimizning joriy yil avvalidagi parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatida shunday hikmatli maʼnolar mujassam ediki, yaʼni barchamiz bir tanu bir jon boʻlib, yakdil va ahil boʻlib harakat qilsak, halol-pok boʻlib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz.
Xalqimiz sodda, oqkoʻngil xalq. Bir tanu bir jon boʻlishga ham, yakdil va ahil boʻlib harakat qilishga ham, halol-pok boʻlib, yaxshi niyat bilankechayu kunduz mehnat qilishga ham tayyor xalq. Faqat ularga bir hovuch buzgʻunchilar toʻsqinlik qilmasalar bas! Oʻz nafsiga qul boʻlganlarga qul boʻlmasak bas! Shundagina, elparvar Yurtboshimiz bilan birga misli koʻrilmagan marralarni egallashimiz muqarrar!
Dunyo tamaddunida oʻzbeklar tarixining yangi sahifasini yaratish davri keldi. Yangi qarashlar, yangi fikrlar, xalollik va poklik bilan yangi hayot quraylik!