Hamyurtimiz g‘alaba bilan boshladi
Samarqand shahrida Professional tennischilar uyushmasi musobaqalari taqvimidan joy olgan “Chellenjer” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand shahrida Professional tennischilar uyushmasi musobaqalari taqvimidan joy olgan “Chellenjer” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.Nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Slovakiya, Serbiya, Italiya, Rossiya, Bosniya va Gersegovina, Shveytsariya, Belarus, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Estoniya va Hindistondan kelgan mahoratli tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Musobaqaning birinchi davrasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Jo‘rabek Karimov hindistonlik Divij Sharanni 4:6, 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
J.Karimov xalqaro turnirning navbatdagi bosqichida Buyuk Britaniya vakili Liam Broadi bilan bahslashadi.