Hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l haritalari” imzolandi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Belarus Respublikasining Vitebsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksandr Rogojnik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Qabulda Andijon viloyati va Vitebsk oblasti o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash har ikki tomon uchun manfaatli ekanligi alohida ta’kidlandi.


Uchrashuvdagi muzokaralar davomida tomonlar ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, qurilish yo‘nalishlaridagi hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.


Uchrashuv yakunida Andijon viloyati va Vitebsk oblasti o‘rtasida o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan strategik “Yo‘l xaritalari” imzolandi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari