Halabda urushdan soʻng 130 maktab faoliyati tiklandi
Suriyaning Halab shahri hokimligi urushdan ozod boʻlgan hududlarda 130 ta maktab, shuningdek, viloyatning sharqiy qismidagi 340 ta taʼlim muassasasi faoliyatini qayta tikladi.
Suriyaning Halab shahri hokimligi urushdan ozod boʻlgan hududlarda 130 ta maktab, shuningdek, viloyatning sharqiy qismidagi 340 ta taʼlim muassasasi faoliyatini qayta tikladi.
Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari maʼlumotlariga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatmoqda.
“Shaharning ozod etilgan hududlarida 130 ta maktab va viloyatning sharqiy qismida 340 maktab qayta tiklandi va ochildi. Hozir Halabda 1349 ta maktab faoliyat koʻrsatmoqda”, – degan hukumat vakili.
Urush davrida taʼlim muassasalarining baʼzi qismlari deyarli yoʻq qilingan edi.
“Urushda maktabimizning yuqori qavatlarini jangarilar egallagan, yertoʻlada shifoxona tashkil etgan edi. Sinf xonalardan harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun foydalandilar”, – deydi shahardagi maktab rahbarlaridan biri.
Maktablarni qayta tiklash bilan shugʻullangan muhandislardan biri eng murakkab ish binolarni nuragan devor uyumlaridan tozalash boʻlganini aytgan. Har bir devor ostiga minalar yashirilgani vaqti-vaqti bilan ishni toʻxtatishga sabab boʻlgan.