Haj – 2027: Ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar sifati yaxshilanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Saudiya Arabistonining haj xizmatlari uchun mas’ul idoralari vakillari bilan uchrashdi.
Unda “Haj – 2027” mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish hamda tashkiliy masalalarni takomillashtirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda Saudiya Arabistonidagi ar-Rifoda haj xizmatlari muassasasi vakillari Nosir bin Abdulloh Sarujiy va Fuod bin Abdulaziz Fakirah, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj va Umra” markazi rahbari Maqsud Karimov hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari natijasida haj va umra ziyoratchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.Muzokaralar davomida haj mavsumida Mina, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ziyoratchilarga munosib xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, ushbu muqaddas maskanlarda shinam chodirlar tashkil etish, transport xizmatlarini yaxshilash hamda oziq-ovqat ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi va tegishli vazifalar belgilab olindi. Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari “Haj – 2027” mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ziyoratchilarga qulay va munosib sharoitlar yaratish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish hamda tashkiliy ishlarni yanada takomillashtirish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar haj ziyoratchilarining ibodatlarini xotirjam va qulay sharoitlarda ado etishlari, safar davomida ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Hamrz Bayonov,O‘zA