Habib Nurmagomedov: “Ispaniya bu mundialning eng kuchli jamoasi bo‘ldi”
O‘yin nuqtayi nazaridan ularni hech kim yenga olmadi.
UFC’ning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov JCH–2026 finalida Ispaniyaning Argentina ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
"Aslida, bu Jahon chempionatida eng yaxshi jamoa Ispaniya bo‘ldi. O‘yin nuqtayi nazaridan ularni hech kim yenga olmadi. Juda muvozanatli, o‘zaro tushunadigan va kuchli zaxira o‘rindig‘iga ega jamoa.
Bu Jahon chempionati juda qiziqarli va yorqin o‘yinlarga boy bo‘ldi. Final unchalik yorqin kechmagan bo‘lsa-da, butun turnir dramatik uchrashuvlari va futbol shousi bilan yodda qoladi", — deb yozdi Nurmagomedov o‘zining Telegram kanalida.