Gumanitar yo‘lak – “Rafax” punkti ochilmoqda...
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish XAMAS harakatiga murojaat etib, barcha garovda ushlab turganlarni ozod etish va Isroilni esa G‘azo sektoriga gumanitar yordamlar uchun ruxsat berishga chaqirdi.
Arab Ligasi Davlatlari (ALD) va Afrika Ittifoqi (AI) Isroilning G‘azodagi harakatlarini keskin qoralab chiqdi.
ALD bosh kotibi Ahmad al-Geyt va AI raisi Musa Faqiy Mahamatlarning qo‘shma bayonotlarida “Isroilning amallari harbiy jinoyatdir”, deyiladi.
“Biz tinch aholining o‘ldirilishini qat’iy qoralaymiz va G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berish uchun yo‘lak ochishga chaqiramiz”.
Hujjatda ta’kidlanishicha, “Isroilning quruqlikda amaliyot boshlansa, u holda bu hodisa genotsid bilan tenglashtiriladi”.
Yaqin Sharqdagi keskinlik munosabati bilan Isroilning Islom respublikasiga hujum uyushtirmagunicha Eron juhud davlatiga nisbatan harbiy amaliyot boshlamaydi. Bu haqda Reuters agentligi Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasiga tayanib, xabar berdi.
EIR Tashqi ishlar vaziri Xuseyn Amir Abdollaxiyon Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad al Tani bilan Dohadagi uchrashuvda Isroil G‘azodagi tinch aholiga nisbatan hujumlarni davom ettiraversa, ziddiyatning keng qamrovli bo‘lishiga olib kelishi mumkin, degan. Al Jazeera telekanaliga u Eron vositachilari orqali anklavning bundan buyongi hujumlarini to‘xtatishga chaqirganini ma’lum qilgan.
Misr va G‘azo sektori chegarasidagi “Rafax” nazorat punkti bugun 16 oktyabr kuni mahalliy vaqi bilan soat 09.00 da ochiladi, deb xabar berdi NBC telekanali.
Aytilishicha, G‘azoga gumanitar yetkazib berish boshlanadi, xorij fuqarolari Misr bilan chegaralardan o‘tishlariga imkon yaratiladi.
Turkiya va AQSH TIV rahbarlari Hoqon Fidan va Entoni Blinken telefon orqali suhbatda “Falastin-Isroil ziddiyati va anklavga gumanitar yordam yetkazib berish masalalarini ko‘rib chiqdilar, deyiladi Anqaradan tarqatilgan xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotida G‘azo sektorida 2,7 ming falastinliklarning o‘ldirilgani, 10,8 ming kishining yaralangani aytiladi.
BMTga ko‘ra, G‘azodan 600 ming aholi ko‘chirilgan.
1,4 ming isroillik vafot etdi, 3,5 mingdan ziyod kishi yaralandi, deyiladi mahalliy I24 telekanali xabarida.
AQSH va Isroil hokimiyati Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Baydenning juhud davlatiga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, deb xabar berdi Axios portali.
Amerikalik kuchlarning Yaqin Sharqdagi jangovor harakatlarda ishtirok etish zaruriyati yo‘q, ammo Qo‘shma Shtatlar Isroilga barcha ko‘makni berishga tayyor, dedi Bayden CBS telekanaliga intervyuda.
Davlat rahbarinig aytishicha, Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun biroz vaqt zarur.
Davlat kotibi Iordaniya, Bahrayn, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoniga tashrifdan so‘ng Misrga keldi. Qohirada u “hamkorlarimiz bilan uchrashib, maqsad ularning inqirozga munosabatlari eshitish, hamkorlikda ziddiyatni hal etish masalalarini muhokama etish edi, degan Blinken.
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va Falastin rahbari Mahmud Abbos telefon muloqotida G‘azodagi vaziyatni muhokama qildilar, otashkesinni to‘xtatish va gumanitar yo‘lak ochish masalalarini ko‘rib chiqishgan.
Fransiya razvedkasi Isroil bilan axborot almashish masalasida hamkorlik qiladi, deb bayonot berdi Le Progres nashriga intervyuda respublika Qurolli kuchlar vaziri Sebasten Lekornyu.
Abror Xon, O‘zA