G‘ulomjon Abdullayev yarim finalda
Olimpiya o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan bahslarda hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev yarim finalga chiqdi.
Erkin kurash yo‘nalishidagi bellashuvlarda hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev 1/4 final bosqichida Arsen Arutyunyan (Armaniston) ustidan zafar quchdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Endi G‘ulomjon polvon 57 kilogrammgacha vazn toifasidagi yarim final bahsida AQSH vakili Spenser Richard Li bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, vazni 86 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida hamyurtimiz Javrail Shapiyev bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA