Gulchilikdan millionerga aylangan Odina opa
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Baxriobod mahallasida yashovchi Odina Xoliqova gulchilik bilan shug‘ullanadi.
Gulchi opaning xonadonidagi go‘zallik, maftunkorlik va yoqimli ifor dillarni maftun etadi.
– Avvaliga hovli gullarini parvarishladik, - deydi Odina Xoliqova. – Keyin tuvakdagi gullarni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ydik. Pulimizga kuygan paytlarimiz ham bo‘ldi, ammo ortga chekinmadik. Hozir gullar navining sanog‘i yo‘q. 6 sotix gulzordan oladigan kunlik daromadimiz 1-1,5 millionni tashkil etmoqda. Ushbu daromaddan, albatta, gullarga o‘g‘it olinadi, texnikaga sarflanadi. Shunday bo‘lsa-da, kam bo‘layotganimiz yo‘q. Faoliyatimiz ortidan uy qurdik, to‘ylar qildik. Hali ko‘p ezgu niyat va maqsadlarimiz bor.
[gallery-14203]
O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar