Gruziyada yoshlar bandligi bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Gruziyada bo‘lib, malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.
Unda “Yilning eng yosh faol xodimi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Dadaxon Qurombayev, Javohir Muhiddinov va Shahzodbek Abdullayev qatnashdi.
Tashrif davomida delegatsiya Gruziyaning Innovatsiyalar va texnologiyalar agentligi (GITA), Tbilisi Tech Park, Ta’lim, fan va yoshlar vazirligi hamda Yoshlar agentligida bo‘lib, startap ekotizimi, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, zamonaviy kasblarga tayyorlash va yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. B2B va B2G doirasidagi uchrashuvlarda qo‘shma loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur tashrif zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan samarali amaliyotlarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA