Gruziya bosh vaziri tayinlandi
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Georgiy Gaxariyani bosh vazirlikka tayinlash haqidagi farmoyishni imzoladi, deb xabar tarqatdi davlat administratsiyasi.
Gaxariya ikkinchi bor bosh vazir bo‘ldi. O‘tgan payshanba kuni u parlamentni vazirlar mahkamasining yangi tarkibi hamda hukumat dasturi bilan tanishtirgandi.
Qonun chiqaruvchi organ ko‘pchillik ovoz bilan unga ishonch bildirdi.
31 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari yakuna bo‘yicha hukumatni boshqarayotgan "Gruziya orzo‘si" partiyasi parlamentdagi 150 ta o‘rinning 90 tasiga egalik qiladigan bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, Gruziya hukumatining yangi tarkibi avvalgi vazirlar bilan to‘ldirilgan, faqat adliya vaziri yangilangan.