G‘oliblar Xovosda tantanali kutib olindi
Mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasining respublika bosqichida Sirdaryo viloyati sharafini himoya qilgan xovoslik yoshlar 1-o‘rinni egalladi.
Tengqurlari o‘rtasida chaqqonlik va tezkorlik namunalarini ko‘rsata olgan yoshlar Xovos tumani markazida tantanali ravishda kutib olindi.
- Mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasida muvaffaqiyat qozongan o‘quvchilarimiz yutug‘idan behad mamnunmiz, - deydi Xovos shaharchasidagi 1-umumta’lim maktabi direktori Gulnora Shodiyeva.
Tadbirda g‘oliblar va ustozlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
[gallery-7674]
Furqat TOSHMATOV(surat), O‘zA