G‘olib jamoa viloyat sharafini himoya qiladi
Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyat moliya bosh boshqarmasi, G‘aznachilik hamda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmalari jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan intellektual bahsda viloyat moliya tizimidagi boshqarmalar xodimlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, belgilangan shartlar asosida o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
– Tizimda ish olib borayotgan xodimlarimiz o‘z bilim va malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratadi, – deydi Andijon viloyati Moliya boshqarmasi boshlig‘i Sardorbek Rahmonov. – Jumladan, vazirligimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur intellektual bellashuv ham soha xodimlarini o‘z ustida ishlashiga, bilim, kasbiy malakasi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga yaqindan yordam berdi.
[gallery-9617]
Zukkolik, tezkorlik, bilim va salohiyat talab etilgan intellektual bellashuv murosasiz bahslarga boy kechdi. Yakuniy natijalariga ko‘ra, viloyat moliya bosh boshqarmasi jamoasi g‘olib deb topilib, intellektual o‘yinning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoa faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat)
O‘zA